Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik bildirdi.
Turkiyaning Bolu muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi.
Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yong‘inda jami 66 kishi qurbon bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter