Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga Kobul shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 103 nafarga yetgan, shuningdek 235 kishi jarohatlangan. 28-yanvar kuni mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas