Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari 13 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat Prezidenti etib saylangan Abu-Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring