Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: Kommersant

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Braziliyaning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talofatlar ko‘rilgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Jair Messias Bolsonaruga hamdardlik yo‘lladi.

Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

Bir hafta avval Braziliyaning Resife va Olinda hududlarida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab kamida 84 kishi halok bo‘lgani, yana yuzga yaqin kishi bedarak yo‘qolgani xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring