Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Dubayda qator dunyo liderlari bilan uchrashdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Dubayda qator dunyo liderlari bilan uchrashdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 dekabr kuni Dubay shahrida o‘tayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Rioyatuddin Al-Mustafo Billoh Shoh bilan uchrashdi.

O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi munosabatlarni, eng avvalo, iqtisodiy sohada yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki tomonlama aloqalar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari hamda ziyorat turizmi sohasida dasturlar amalga oshirilmoqda.

Sheriklik kun tartibini aniq amaliy mazmun bilan boyitish maqsadida kelgusi yilda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni BAAga amaliy tashrif doirasida Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux vaTurkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

O‘zbekiston bilan Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘tgan yil sentyabr oyida Samarqandda o‘tgan uchrashuv kelishuvlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zaro savdodagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Chorvachilik, oziq-ovqat, charm, agrar, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjud.

Avtomobil va havo kommunikatsiyalari, turizm, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi sohalarda shartnoma-huquqiy asoslarni takomillashtirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Kelgusi yilda qo‘shma Hukumatlararo qo‘mita va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishlarini o‘tkazishga kelishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring