Shavkat Mirziyoyev DXXga arxivdagi hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishni topshirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 1-iyungacha Davlat xavfsizlik xizmati davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi.
Davlat rahbari bugun imzolagan farmonda quyidagilar arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:
- arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish, O‘zbekiston Milliy arxiv fondi hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sug‘urta nusxalarini yaratish;
- arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish;
- arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini tashkil etish;
- arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish;
- arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy qilish;
- soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirishning ilg‘or va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter