Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Endi hech kimni Prezident bilan uchrashuvga tayyorlamanglar!» (video)

Shavkat Mirziyoyev: «Endi hech kimni Prezident bilan uchrashuvga tayyorlamanglar!» (video)

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Sirdaryo viloyatiga borgani haqida xabar bergan edik.

Sayxunobod tumanida Sirdaryo viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yig‘ilishda davlat rahbari o‘zi qatnashadigan selektorlarda so‘zga chiquvchilar oldindan tayyorlangan bo‘lishi mumkinligini haqida to‘xtalib, barcha rahbarlar, xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini bundan buyon hech kimni Prezident bilan uchrashuvga tayyorlamaslik haqida ogohlantirdi.

«Bugun ham selektorda o‘tirganlarni bilaman kimdir sizlarni tayyorlagan bo‘lishi mumkin. Tayyorlamanglar hech kimni. Qanday og‘ir savol bo‘lsayam savolni eshitishga kelganman, vaziyatni yaxshilashga kelganman.

Balandparvoz gap, qarsak, maqtashga kelganim yo‘q. Biz maqtayverdik, qarsak chalaverdik, balandparvoz gap gapiraverdik, 20 yil orqada qolib ketdik. Hamma soha bo‘yicha.

Biz kelishib oldik-ku: birinchi kundan boshlab biz halol, adolatli xizmat qilamiz. Eng asosiysi xalqimizga», — deb aytgan Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring