Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning yanvar oyida Germaniyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Gyunter Overfeld ma’lum qildi.
Toshkentda 10-oktyabr chorshanba kuni o‘zbekistonlik va xalqaro hamkorlar ishtirokida Germaniya birligi kuni nishonlangan.
Tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld so‘zga chiqib, Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil yanvar oyida Germaniyaga tashrifi davomida kansler Angela Merkel va GFR federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralari haqida gapirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter