Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazmoqda (foto)

Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Sadir Japarov bilan muzokara o‘tkazmoqda (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ko‘ksaroy qarorgohida oliy darajadagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston sammitining asosiy tadbirlari boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni samimiy qutladi.

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring