Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inga Miryan shahridagi shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, shifoxonada yuzaga kelgan yirik yong‘inda 41 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring