Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri vafoti sabab hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Valiahdi shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga uning akasi, Kuvayt Amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari Kuvayt xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 16-dekabr kuni Kuvayt amiri shayx Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter