Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Italiya» formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.
Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya bosh vaziri ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo «yashil» iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta’lim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter