Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida ro‘y bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Mas’ud Pezeshkiyonga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tiladi. 

26-aprel kuni Eron portida kuchli portlash yuz berdi. Oqibatda 25 kishi qurbon bo‘ldi, portlashdan so‘ng ammiak, oltingugurt dioksidi va azot tarqalishi xavfi yuzaga keldi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring