Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumaniga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yerda tajriba-ishlab chiqarish jarayoni xalqaro «GMP» standartiga muvofiq modernizatsiya qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30 dan ortiq tabiiy toza, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat rahbari dastlab mazkur korxona bilan tanishdi. Olimlar tomonidan tayyorlangan o‘simlik moddalarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev dori substansiyalari farmatsevtika sanoatining asosiy omili ekanini, buning uchun o‘simliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini o‘rganib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha muntazam izlanish zarurligini ta’kidladi. O‘simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirishga doir alohida qaror tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter