Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyuminiy zavodi bilan tanishadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-28 sentyabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari sammiti doirasida tojik metallurglari shahri — Tursunzodaga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda «Trend.az».
O‘zbekiston Prezidentining «Tojik alyuminiy kompaniyasi» (TALKO) faoliyati bilan tanishishi kutilmoqda. Nashrning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bilan birga Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ham zavodga tashrif buyuradi.
Prezidentlar mamlakatdagi mashhur uzumchi dehqonlarining xo‘jaliklarida ham bo‘lishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter