Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda kutib olindi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga bordi.

«Manas» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Qirg‘iziston poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring