Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «ROX Group» asoschisi An Tuan Channi qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev «ROX Group» asoschisi An Tuan Channi qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi asoschisi An Tuan Channi qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

«ROX Group» 1996-yilda tashkil etilgan Vetnamdagi yetakchi ko‘p tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya ko‘chmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va xizmat ko‘rsatish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshiradi.

O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlar sifatida zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya va turizm sohalari belgilandi.

Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni amalga oshirishni “yo‘l xaritasi” asosida jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring