Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga boradi

26 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashib, O‘zbekiston – Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qildi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi», - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, sammit joriy yilning 6 dekabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter