Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni tongda Ashxobod shahriga jo‘nab ketdi.

U yerda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibidan savdo, investitsiyalar, «yashil» iqtisodiyot va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, transport, logistika, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Turkmaniston poytaxtiga tashrif doirasida davlatimiz rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring