Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Viktor Orban bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Vengriyaning OTP banki O‘zbekiston bank-moliya bozoriga kirib kelgani strategik ahamiyatga ega ekani hamda Yevropa biznesi uchun muhim ishora bo‘lgani e’tirof etildi.

Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi kun tartibi yuzasidan batafsil fikr almashildi.

BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin va konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring