Shavkat Mirziyoyev Zelenskiyga maktub yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyga maktub yo‘lladi.Unda prezident Ukraina yetakchisini Mustaqillikning 34 yilligi bilan tabriklagan.
"Ishonchim komilki, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va uzoq muddatli hamkorlikka asoslangan aloqalar kelgusida ham xalqlarimiz umumiy manfaati yo‘lida rivojlanib boraveradi", deyiladi maktubda.
O‘z navbatida Zelenskiy tabrik uchun minnatdorchilik bildirgan. Bu haqda Ukraina rahbari X tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
"Men sizning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va insonparvarlik tashabbuslari bo‘yicha pozitsiyangizni qadrlayman", degan Ukraina rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter