Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kutib oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27-sentyabr kuni Tojikistonga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti kutib oldi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida bugun Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkaziladi. Prezidentimiz ertaga Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter