Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stokgolmda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Stokgolmda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo‘ladi.

O‘zbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili vazifasini diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir G‘aniyev bajaradi. G‘aniyev  avval Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston prezidenti Shvetsiyada elchixona ochish to‘g‘risida 2021-yil aprelida qaror qabul qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring