Sud «maydon» voqealari yuzasidan Yanukovich ishi bo‘yicha sirtdan tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berdi

Kiyevning Pecherskiy tuman sudi Ukraina Bosh prokuraturasining sobiq prezident Viktor Yanukovichning 2014-yil fevral oyida Kiyevda yuz bergan «maydon» voqealariga aloqadorligi xususida maxsus (sirtqi) tergov o‘tkazish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi. Chorshanba kuni shu haqdagi qaror sudya Svetlana Shaputko tomonidan e’lon qilindi. «Sud qarori ustidan shikoyatga o‘rin yo‘q», — degan sudya. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Prokuratura 2014-yilning qishida Kiyev markazidagi voqealar vaqtida Yanukovich hokimiyat va xizmat vakolatini suiiste’mol qilgan deb gumon qilmoqda. O‘shanda namoyishlar vaqtida odamlar halok bo‘lgan edi. Shuningdek, sobiq prezident «maydon»da qasddan odam o‘ldirishni tashkillashtirishda ayblanmoqda. Yanukovich bilan birga, sobiq ichki ishlar vaziri Vitaliy Zaxarchenko, uning o‘rinbosari Viktor Ratushnyak, Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Aleksandr Yakimenko, uning birinchi o‘rinbosari Vladimir Totskiy va Kiyev shahar ichki ishlar boshqarmasining jamoat xavfsizligi politsiyasi boshlig‘i Petr Fedchuk ham shu ishda ayblanmoqda.
Yanukovichga qarshi yana bir ish hozirgi paytda Kiyevning Obolon tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Sobiq prezident davlatga xiyonat qilishda ayblanayapti. Sud bugun bu ish bo‘yicha guvohlarni so‘roq qilishda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter