Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriya Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalarini mamnuniyat bilan kutib oldi

Suriya Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalarini mamnuniyat bilan kutib oldi

Foto: Sergey Bobilev / TASS

Suriya 30-yanvar kuni Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunidan mamnun. Bu haqda «SANA» agentligi Suriya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib xabar bermoqda, deb yozadi TASS.

«Suriya Arab Respublikasi 2018-yilning 30-yanvarida Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan Suriya bo‘yicha milliy muzokaralar natijalarini mamnuniyat bilan qabul qilmoqda», — deb yozadi manba.

Seshanba kuni Sochi shahrida yakunlangan Suriya milliy dialogining ishtirokchilari suriyaliklarning o‘z mamlakatlari kelajagi haqidagi qarashlarini namoyon etgan 12 banddan iborat bayonotni qabul qildi. Hujjat Suriya suverenitetini va hududiy yaxlitligini saqlab qolish kerakligini va uning kelajagi faqat Suriya xalqi tomonidan saylov orqali hal qilinishi mumkinligini ta’kidlaydi. Suriyaliklar, shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni Konstitutsiya komissiyasini tashkil etishda yordam berishga chaqirdilar. Uning mandati Jeneva jarayonida belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring