Tailandga boruvchilar uchun muhim axborot e’lon qilindi

Tailandga kirishning yangi tartibi joriy etildi. O‘zbekiston TIV mazkur masala yuzasidan bayonot e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab Tailandga kiruvchi barcha chet el fuqarolari Tailandga kirish kartasini (Thailand Digital Arrival Card, TDAC) mamlakatga yetib kelish sanasidan 3 kun oldin maxsus platforma orqali olishlari shart.
Shaxsiy ma’lumotlar yuklangandan so‘ng, Tailand immigratsiya idoralari elektron pochtaga xat yuboradi va uni mamlakatga kirishda ko‘rsatish talab etiladi.
Shu munosabat bilan, Tailandga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarida Qirollikning mazkur qarorini hisobga olishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi TIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter