Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq TIV rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan:

– Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari A’loyev Baxromjon Jo‘raboyevich Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

– Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich va Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

M.Madrahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Tashqi ishlar vazirligining Amerika, Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga, R.Nurimbetov yesa MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring