Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV rahbari «Tolibon» mansabdorlari bilan uchrashdi (foto)

TIV rahbari «Tolibon» mansabdorlari bilan uchrashdi (foto)

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov boshchilidagi delegatsiya Kobulda Afg‘onistonning muvaqqat hukumatining bir qancha mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.

Jumladan, bosh vazir mulla Muhammad Hasan Oxund, uning o‘rinbosarlari Mavlaviy Abdul Salom Hanafiy va Mulla Abdul G‘ani Barodar, tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy, IIV rahbari Xalifa Sirojiddin Haqqoniy va boshqalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring