Tolibon AQShga qator talablar bilan chiqdi

Tolibon harakati tomonidan tuzilgan yangi Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi Qatarda AQSh delegatsiyasi bilan Kobul va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilishini muhokama qilib, AQShni mamlakat havo kengliklarini buzmaslikka va ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi. Bu haqda shanba kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mottaki xabar berdi.
Bu Afg‘onistonda toliblar hokimiyatga kelganidan va hukumatni tuzganidan keyin birinchi uchrashuv bo‘ldi va Qatarga tashrif yangi afg‘on hukumati a’zolarining birinchi olis safariga aylandi.
«Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi AQShning Qatardagi delegatsiyasi bilan munosabatlarda yangi sahifa ochish, Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va Doha tinchlik bitimiga rioya qilish masalasini muhokama qildi», — dedi Mottaki.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralar shu kun oxirigacha davom etadi va yakshanba kuni qayta tiklanadi.
Tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, afg‘on delegatsiyasi amerikaliklardan mamlakat havo chegarasini buzmaslikni va uning ichki ishlariga aralashmaslikni, shuningdek, mamlakatning xorijiy aktivlarini muzlatmaslikni talab qilgan.
O‘z navbatida, Amerika delegatsiyasi Afg‘onistonga koronavirusga qarshi vaksinalar berishni va’da qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter