Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya ochilishida nutq so‘zlaydi

2019 yil 19-20-fevral kunlari Toshkent shahrida «Markaziy Osiyoda o‘zaro munosabatlar: yangi imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Konferensiya ochilishida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.
Konferensiyaga Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belgiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Daniya, Misr, Isroil, Hindiston, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Kanada, Xitoy, Kuvayt, Qirg‘iziston, Latviya, Malayziya, Niderlandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Tailand, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlarning 100 dan ortiq tahliliy markazlaridan yetakchi ekspertlar taklif qilingan.
Konferensiya davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilayotgani ma’lum qilingan.
Konferensiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va BMTning Markaziy Osiyodagi diplomatiyasi bo‘yicha Mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter