Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda ShHTning muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti

Poytaxtda ShHTning muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti

18-19 aprel kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul idoralari yuqori mansabdor shaxslarining yig‘ilishi gibrid shaklida bo‘lib o‘tmoqda.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv ishtirokchilari 2022 yil 20 aprelda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlari rahbarlarining o‘n ikkinchi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqdalar.

Xususan, bo‘lajak tadbir kun tartibi va uning davomida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring