Tramp va Kim Chen In uchrashuvi Shveysariyada o‘tkazilishi mumkin

AQSh va Shimoliy Koreya vakillarining aytishicha, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi qayerda o‘tkazilishiga hali aniqlik kiritilmagan. Lekin xavfsizlik nuqtai nazaridan muzokaralar o‘tkazish taklif etilgan Pekin, Pxenyan va Ulan-Bator shaharlari rad etildi.
OAVning xabar berishicha, Amerika siyosatchilari uchrashuvni Yevropada o‘tkazish tarafdori. Ularga ko‘ra, eng maqbul variant — Shveysariya.
Tramp uchrashuv o‘tkazilmasligi ham mumkin, deya ta’kidlaydi. Avvalroq AQSh rahbari bu uchrashuvdan biror muvaffaqiyat chiqsagina, uni o‘tkazish kerakligini aytgandi.
Muzokaralar kelgusi haftalarda o‘tkazilishi kutilyapti, ammo uning aniq sanasi ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter