Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li yana parlamentga o‘z nomzodini qo‘ydi

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li yana parlamentga o‘z nomzodini qo‘ydi

So‘ngi yillarda Serdar Berdimuhamedovning ijtimoiy-siyosiy faolligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

25-martga belgilangan Turkmaniston milliy parlamenti – Mejlisga saylovlar «xalqaro standartlarga mos ravishda bo‘lib o‘tadi», deya xabar berdi Turkmaniston davlat matbuoti.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 6 chaqiriqdagi Mejlisga da’vogarlik qiluvchi kamida 30 nafar nomzod amaldagi milliy parlamentning deputatlari hisoblanadi. Nomzodlar ro‘yxatida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar ham bor.

25-martda kutilayotgan Turkmanistondagi parlament saylovlarida 125 ta o‘rin uchun 284 kishi kurash olib bormoqda. Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Demokratik partiya vakili Serdar Berdimuhamedov nomzod sifatida Axal viloyatining «Dushak» saylov okrugidan ishtirok etadi. Serdarning siyosiy raqibi Kaka shahrida istiqomat qiluvchi 10-son maktabi direktorining o‘rinbosari Oguljeren Gurdovadir, deya xabar beradi davlat matbuoti.

Ayni damda, 36 yoshli Serdar Berdimuhamedov amaldagi beshinchi chaqiriq parlamentning deputati hamda qonunchilik va normalar qo‘mitasi raisidir. So‘ngi vaqtlarda rasmiy xabarlarda davlat rahbarnining o‘g‘li «xalq o‘g‘li» sifatida talqin qilinmoqda va uning mamlakat taraqqiyoti, jumladan sport va ommaviy fizkultura harakati sohasidagi xizmatlari qayd etilmoqda.

So‘ngi yillarda Serdar Berdimuhamedovning ijtimoiy-siyosiy faolligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Sharofiddin To‘laganov

Manba: tnews.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring