Uchtepa tumaniga yangi hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va bosh soliqchi tayinlandi
Uchtepa tumani yuqori tuzilmalarida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Farhod Abdullayev Ravshanovich Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi etib tayinlangan. U shu vaqtga qadar 35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xujalik va atrof muxitni muxofaza kilish masalalari buyicha doimiy raisi bulgandi.
Rustam Ashirmatov Mahmudjanovich Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimini egalladi. U 2017-2019-yillarda Toshkent viloyati, Angren shahri davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan.
Jobir Azimov Odilovich Uchtepa tumani prokurori etib tayinlandi. U shu vaqtgacha Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sayfullo Ahmedov Negmatovich Uchtepa tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi. U 2018-2019-yy. Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter