Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Kremlga hujum borasida ayblovlarga javob berdi

Ukraina Kremlga hujum borasida ayblovlarga javob berdi

Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov Kremlga uyushtirilgan hujum borasida bayonot berdi.

Rasmiyning izohiga ko‘ra, Kiyevning maqsadi Moskvani nishonga olish emas, bosib olingan hududlarni ozod qilishdir.

«Bizda Kremlga tungi hujumlar deb atalmish hujumlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq prezident Zelenskiy bir necha bor ta’kidlaganidek, Ukraina barcha mavjud kuch va vositalarni boshqalarga hujum qilish uchun emas, balki o‘z hududlarini ozod etishga yo‘naltiradi», deydi u.

Nikoforovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqealar 9-maygacha vaziyatni keskinlashtirishga xizmat qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml uchuvchisiz moslamalar hujumi va Vladimir Putinga suiqasd borasida ma’lumot bergandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring