Ukrainaga yangi elchi tayinlandi

Alisher Kurmanov.
Alisher Kurmanov O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
2020-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Alisher Kurmanov Toshkentdan Kiyev shahriga jo‘nab ketdi.
Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter