Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainalik vazir o‘rinbosari Rossiya bilan «uch yuz yillik» urush haqida gapirdi

Ukrainalik vazir o‘rinbosari Rossiya bilan «uch yuz yillik» urush haqida gapirdi

Ukraina bayrog‘i

Foto: «ria.ru»

4-aprel kuni Ukrainaning Vaqtinchalik bosib olingan hududlar va ko‘chirilgan fuqarolar masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Yuriy Grimchak Moskva bilan Kiyev o‘rtasidagi qarama-qarshilik 300 yildan beri davom etayotganini bildirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Grimchak, shuningdek, Ukraina sharqidagi mojaro tugaganidan keyin ham davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning davom etishini aytib o‘tdi. 

«Bu narsa Donbass ozod qilingandan keyin ham to‘xtamaydi. O‘ylaymanki, Donbassning ozod etilishiga oz fursat qoldi. Ammo urush davom etadi. 300 yildan buyon davom etib kelayapti», — deya aytib o‘tdi arbob.

Avvalroq Grimchak Donbassdagi mojaroni hal qilish va Qrimni qaytarish maqsadida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni taklif qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiya o‘zining siyosati uchun juda katta tovon to‘lashi lozim».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring