Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijning doimiy yashash guvohnomasini olgan deputat yoki senatorning vakolati muddatidan oldin tugatiladi

Xorijning doimiy yashash guvohnomasini olgan deputat yoki senatorning vakolati muddatidan oldin tugatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Deputat va senatorning vakolatlari muddatidan oldin tugatilish holatlari kengaytirilmoqda.

Bu borada «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-934-son Qonun imzolandi.

Hujdatga muvofiq:

  • deputat, Senatda doimiy asosda ishlovchi senator ogohlantirish olganidan keyin haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat (ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shug‘ullangan taqdirda;
  • tegishli palata, siyosiy partiya fraksiyasi, o‘zi tarkibiga saylangan qo‘mita, komissiya faoliyatida bir yil ichida 30 yoki undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda;
  • chet davlatning doimiy yashash guvoxnomasini yoki chet davlat xududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda;
  • partiya ro‘yxati asosida saylangan deputat o‘zini deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya a’zoligidan chiqqan taqdirda uning vakolati muddatidan ilgari tugatiladi.

    Shuningdek, deputat, senator tomnidan odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda quyidagi choralar ko‘rilishi belgilanmoqda:

  • ogohlantirish berish;
  • uzr so‘rashni talab qilish;
  • odob-axloq qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi faktini o‘qib eshittirish;
  • - deputatning, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorning ish xaqidan ushlab qolish;
  • - deputatning, senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.

Shu bilan birga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlariga nisbatan ham xuddi shu kabi choralar belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring