Yoshlar ittifoqi mas’ul xodimi tuman hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisining o‘rinbosari Faxriddin Yo‘ldoshev Mingbuloq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Faxriddin Muxtorovich Yo‘ldoshev 1982-yilda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi.
U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi katta referenti, O‘zXDP Namangan shahar kengashi raisi vazifalarida faoliyat yuritgan. 2018-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter