Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30-oktyabrda beshinchi «Zakovat-Gambit» shaxmat turnirining final bahslari o‘tkaziladi

30-oktyabrda beshinchi «Zakovat-Gambit» shaxmat turnirining final bahslari o‘tkaziladi
19–23-oktyabr kunlari V «Zakovat-Gambit» turnirining hududiy saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yil musobaqada ishtirok etish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tdi. Quvonarlisi, ular orasida 633 nafar ayol shaxmatchi bor — bu rekord ko‘rsatkich.
 
Hududiy saralashda omad kulib boqmagan yoki unda ishtirok eta olmagan shaxmat ixlosmandlari uchun ham imkoniyat bor: 24-oktyabr kuni chess.com platformasida onlayn saralash o‘tkaziladi. Saralashdan o‘tgan ishtirokchilar 28-oktyabr kuni yarim finalda, eng kuchlilar esa 29-30-oktyabr kunlari Toshkentda final bosqichida bellashadi.
 
Bu yilgi turnir mehmonlari — dunyoga mashhur grossmeysterlar! Vengriyalik Peter Leko va hindistonlik Hampi Koneru tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular shaxmat ishqibozlari uchun maxsus seanslar o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan bo‘lishadi.
 
Turnirning jami sovrin jamg‘armasi — 620 million so‘m. Ishtirokchilar reytingiga qarab beshta guruhda bellashadi, har bir guruhda esa g‘oliblik uchun kurashish imkoniyati mavjud.
 
«Zakovat-Gambit» — yangi iste’dodlarni kashf etish, tajriba almashish va shaxmat ishqibozlarini birlashtiradigan katta musobaqa!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring