50 yoshli nemis konkichisi Olimpiya o‘yinlari tarixiga kirdi
![50 yoshli nemis konkichisi Olimpiya o‘yinlari tarixiga kirdi](http://static.xabar.uz/crop/2/1/720_460_95_2114717441.jpg)
Klaudiya Pexshtayn.
Germaniyalik konkida yuguruvchi Klaudiya Pexshtayn Pekindagi musobaqalarning 3000 metrlik musobaqalarida qatnashib, Qishki olimpiadalarda qatnashish bo‘yicha rekordni takrorladi.
22-fevral kuni 50 yoshini qarshilovchi Pexshtayn uchun Pekin-2022 — faoliyatidagi sakkizinchi Olimpiada.
Nemis sportchisi bu ko‘rsatkichi bilan tramplindan chang‘ida sakrovchi yaponiyalik Noriaki Kasaiga tenglashib oldi. Yaponiyalik ham 1992–2018-yillar davomida ketma-ket sakkiz Olimpiadada ishtirok etgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/46/720__XFdyvScmq9eR2Jbp_lUuQemN_XT7UEg8.jpg)
Noriaka Kasai. Foto: «SkokiPolska»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter