Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

A seriya: raqiblar «Milan» uchun xizmat qilganda yoki boshqa natijalar

A seriya: raqiblar «Milan» uchun xizmat qilganda yoki boshqa natijalar

Italiya A seriyasining 33-tur o‘yinlari yakunlandi. Chempionlik uchun asosiy da’vogar «Milan» jamoasi g‘alaba qozonib, o‘rnini mustahkamlagan bir paytda eng yaqin ta’qibchilaridan biri «Napoli» o‘z maydonida «Roma» bilan durang o‘ynab qo‘ydi. Eldor Shomurodov zaxiradan ham maydonga tushmagan.

A seriya, 33-tur natijalari

Spetsiya - Inter - 1:3
Gollar: Brozovich, 31 (0:1). Martines, 73 (0:2). Majore, 88 (1:2). Sanches, 90+4 (1:3).
15 aprel. Spetsiya. «Alberto Pikko» stadioni.
Bosh hakam: Fabio Mareska (Neapol).

Milan - Jenoa - 2:0
Gollar: Leau, 11 (1:0). Messias, 87 (2:0).
15 aprel. Milan. «Juzeppe Meatssa» stadioni.
Bosh hakam: Daniele Kiffi (Paduya).

Kalyari - Sassuolo - 1:0
Gol: Deyola, 42 (1:0).
16 aprel. Kalyari. «Unipol Domus» stadioni.
Bosh hakam: Davide Massa (Imperiya).

Sampdoriya - Salernitana - 1:2
Gollar: Fasio, 4 (0:1). Ederson, 6 (0:2). Kaputo, 32 (1:2).
16 aprel. Genuya. «Luiji Ferraris» stadioni.
Bosh hakam: Paolo Valeri (Rim).

Udineze - Empoli - 4:1
Gollar: Ismayli, 6 - o‘z darvozasiga (1:0). Deulofeu, 52 (2:0). Pinamonti, 67 - penaltidan (2:1). Pussetto, 79 (3:1). Samarjich, 87 (4:1).
16 aprel. Udine. «Dachiya Arena» stadioni.
Bosh hakam: Matteo Marketti (Lido).

Fiorentina - Venetsiya - 1:0
Gol: Torreyra, 30 (1:0).
16 aprel. Florensiya. «Artemio Franki» stadioni.
Bosh hakam: Rozario Abisso (Palermo).

Yuventus - Bolonya - 1:1
Gollar: Arnautovich, 52 (0:1). Vlaxovich, 90+4 (1:1).
16 aprel. Turin. «Alyans Stedium» stadioni.
Bosh hakam: Luka Sakki (Tivoli).

Latsio - Torino - 1:1
Gollar: Pellegri, 56 (0:1). Immobile, 90+3 (1:1).
16 aprel. Rim. «Olimpiko» stadioni.
Bosh hakam: Alessandro Prontera (Bolonya).

Napoli - Roma - 1:1
Gollar: Insine, 11 - penaltidan (1:0). Ash-Shaaravi, 90+1 (1:1).
18 aprel. Neapol. «Diyego Armando Maradona» stadioni.
Bosh hakam: Marko Di Bello (Brindizi).

Atalanta - Verona - 1:2
Gollar: Chekkerini, 45+2 (0:1). Koopmeyners, 55 - o‘z darvozasiga (0:2). Skalvini, 82 (1:2).
18 aprel. Bergamo. «Geviss Stedium» stadioni.
Bosh hakam: Marko Pichchinini (Forli).

Musobaqa jadvali

R  Jamoa O‘ G‘ D M T-n Ochko
1  Milan 33 21 8 4 58-29 71
2  Inter 32 20 9 3 68-25 69
3  Napoli 33 20 7 6 59-27 67
4  Yuventus 33 18 9 6 50-29 63
5  Roma 33 17 7 9 54-37 58
6  Latsio 33 16 8 9 65-48 56
7  Fiorentina 32 17 5 10 53-40 56
8  Atalanta 32 14 9 9 54-38 51
9  Verona 33 13 9 11 58-50 48
10  Sassuolo 33 12 10 11 58-53 46
11  Torino 32 10 10 12 36-31 40
12  Udineze 31 9 12 10 47-49 39
13  Bolonya 32 10 8 14 35-45 38
14  Empoli 33 8 10 15 42-60 34
15  Spetsiya 33 9 6 18 33-57 33
16  Sampdoriya 33 8 5 20 40-56 29
17  Kalyari 33 6 10 17 31-61 28
18  Djenoa 33 2 16 15 24-54 22
19  Venetsiya 32 5 7 20 26-58 22
20  Salernitana 31 4 7 20 25-69 19

To‘purarlar (qavsda penaltidan urilgani)

25 ta
Chiro Immobile (Latsio, 6)

23 ta
Dushan Vlaxovich (Yuventus, 5)

16 ta
Jovanni Simeone (Verona)

15 ta
Temmi Abraxam (Roma, 2)
Lautaro Martines (Inter, 3)

14 ta
Domeniko Berardi (Sassuolo, 6)

13 ta
Janluka Skamakka (Sassuolo, 1)
Edin Jeko (Inter)

12 ta
Marko Arnautovich (Bolonya, 2)
Joao Pedro (Kalyari, 3)
Viktor Osimxen (Napoli)

11 ta
Jerar Deulofeu (Udineze, 1)
Betu (Udineze)

10 ta
Andrea Pinamonti (Empoli, 4)
Janluka Kaprari (Verona, 2)
Antonin Barak (Verona, 4)
Franchesko Kaputo (Sampdoriya)

Tur ramziy terma jamoasi (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

Alessio KRANO (Kalyari) — Fikayo TOMORI (Milan), Kalidu KULIBALI (Napoli), Milan ShKRINYaR (Inter), Federiko FASIO (Salernitana), Xuan KUADRADO (Yuventus) — Marselo BROZOVICh (Inter), Lukas TORREYRA (Fiorentina), Rezvan MARIN (Kalyari) — Jerar DEULOFEU (Udineze), Junior MESSIAS (Milan).

Tur qahramoni (Xabar.uz talqini bo‘yicha)

A seriyaning 33-turida «Inter» yarim himoyachisi Marselo Brozovich qahramon bo‘ldi. Jarohatidan tuzalib safga qaytgan futbolchi formasini tez tiklab olgan bo‘lsa, jamoa ham g‘alabali yurishlarini boshlab oldi. «Spetsiya»ga qarshi o‘yinda u mavsumdagi ilk golini urib, jamoasi uchun muhim uch ochkoni olib berishga katta hissa qo‘shdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring