Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdumalik Xalokov Ispaniyada jang o‘tkazadi

Abdumalik Xalokov Ispaniyada jang o‘tkazadi

27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahridagi Centro Deportivo San Pablo majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Unda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, yarimengil vazn toifasida Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibi Abdumalik Xalokov ham ringga ko‘tariladi. 

Xalokov o‘sha kuni Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib boradi. Jang 6 raund etib belgilangan.

Bu 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jangga aylanadi. Akunya esa hozirga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring