Abduqodir Husanov Prezidentga «Manchester Siti» libosini sovg‘a qildi

O‘zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Navro‘z tadbirlarida qatnashgani haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Abduqodir Husanov 21-mart kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida o‘tkazilgan Navro‘z tantanasida qatnashdi va tadbirdan so‘ng prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. U davlat rahbariga o‘z imzosi tushirilgan «Manchester Siti» libosini sovg‘a qildi.
Suratda ko‘rish mumkinki, uchrashuvda Abduqodirga otasi Hikmat Hoshimov hamrohlik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter