Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdusattorov JChdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Abdusattorov JChdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi

Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston, 2727) rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining 1-turida Liam Vroliyk (Niderlandiya, 2498)ni mag‘lub etdi.

Shuningdek, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindorov, Afruza Hamdamova, Marjona Malikova va Umida Omonova ham ilk turda g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahri 25-30 dekabr kunlari shaxmatning Rapid&Blits yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Chempionatning ochilish marosimi kecha, 25-dekabr kuni Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring