Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramovich «Chelsi»ni sotib qutulmoqchi

Abramovich «Chelsi»ni sotib qutulmoqchi

Foto: «Soccer.Ru»

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich sanksiyalar qo‘llanilishi ortidan xorijdagi aktivlarini shoshilinch sotishga kirishdi. Bular orasida uning uchun eng sevimlisi — Londonning «Chelsi» futbol klubi.

Goal.com yozishicha, Abramovich shveysariyalik tadbirkor Hansyorg Vissga klubni sotib olishni taklif qilgan.

86 yoshli Vissning aytishicha, APL yetakchilaridan biri, YeChLning amaldagi g‘olibini xarid qilish taklifi nafaqat unga, shuningdek yana uch nafar milliarderga yuborilgan.

Abramovich jamoa uchun juda ko‘p so‘rayapti, dedi u.

«Yaxshilab, to‘rt-besh kun o‘ylab olishim kerak. Abramovich juda ko‘p so‘rayapti. «Chelsi» undan 2 mlrd. funt qarzdor. Klubda buncha pul yo‘q. Demak, yangi xo‘jayin Abramovichga bu qarzni ham qoplab berishi shart», — dedi shveysariyalik milliarder.

Hozir bu savdo qanchaga tushishini aniq bilmaymiz. Umumiy shart-sharoitlarni o‘rganishim kerak. Faqat shunisi aniqki, yakka o‘zim klubni sotib olmoqchi emasman. Sotib olgan taqdirimda ham olti-yetti sarmoyadordan iborat konsorsium bilan birga amalga oshiramiz, ta’kidladi Viss.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hansyorg Vissning jami boyligi — 5 milliard dollar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring