Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Adhamjon Ergashev og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Bahraynda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Adhamjon Ergashev o‘z vazn toifasida uchta medalga sazovor bo‘lib, mutlaq chempionlikni qo‘lga kiritdi.

-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ergashev dast ko‘rarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg, ikki kurash bo‘yicha esa 314 kg natija qayd etdi.

U bilan raqobatlashgan hech bir raqibi ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilay olmadi va Adhamjon Ergashev 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring