Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afsonaviy Oksana yana bir g‘alabaga erishdi

Afsonaviy Oksana yana bir g‘alabaga erishdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020 litsenziati kutilganidek, tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etdi. Uning ijrosida amalga oshirilgan mashqlar hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi va afsonaviy sportchimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Bu musobaqa sportchimiz uchun bo‘lajak Olimpiada oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Unda qo‘lga kiritilgan oltin medal esa Chusovitinaning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shishi, shubhasiz.

Tayanib sakrash, ayollar:

  1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14.066
  2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13.966
  3. Taman Nensi (Misr) – 13.366
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring