Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ajoyib o‘yin, ishonchli g‘alaba va O‘zbekiston OTJ yarim finalga chiqdi

Ajoyib o‘yin, ishonchli g‘alaba va O‘zbekiston OTJ yarim finalga chiqdi

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida BAAga qarshi maydonga tushdi va ishonchli g‘alabaga erishdi. Garchi uchrashuvda hisobni raqib ochgan bo‘lsa ham yakunda futbolchilarimiz beshta gol kiritib, ajoyib g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv har ikki jamoaning faolligi bilan boshlandi. Gol esa 13-daqiqada Zayid Al Amiri tomonidan kiritildi. Ammo oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Ilhom Alijonov uzoq masofadan yo‘llangan zarba bilan vaziyatni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng katta sahnaga Oybek Bozorov chiqdi. U 26-daqiqada penalti ishlab bergach Islom Qobilov hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 41-daqiqada esa Bozorovning o‘zi uzoqdan yo‘llangan ajoyib zarba bilan uchinchi golni kiritdi.

Ikkinchi bo‘limda ham jamoamizning ustunligi davom etdi. Bir qator foydalanilmagan imkoniyatlardan so‘ng Jasurbek Yaxshiboyev 81-daqiqada to‘rtinchi golni kiritdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Nurillo To‘xtasinov beshinchi golga mualliflik qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Endi futbolchilarimizga Saudiya Arabistoni qarshilik qiladi. Eslatib o‘tamiz, finalga chiqqan ikki jamoa va uchinchi o‘rin egasi Tokioda bo‘ladigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring