Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akbar Jo‘rayev Jahon kubogida mutlaq chempion bo‘ldi

Akbar Jo‘rayev Jahon kubogida mutlaq chempion bo‘ldi

Foto: Olympic.uz

Pxuket (Tailand)dagi jahon kubogida O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi ilk medallarini qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida 109 kilogrammgacha vazn toifasida Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov kun qahramonlari bo‘lishdi.

Tokio-2020 olimpiya chempioni Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda — 189 kg, siltab ko‘tarishda — 227 kg, ikki bellashuv bo‘yicha jami 416 kg natija bilan uchta oltin medal sohibiga aylandi.

Sharofiddin Amriddinov dast ko‘tarishda 170 kg natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi. Uning siltab ko‘tarishdagi 208 kg va jami 378 kg natijasi mazkur yo‘nalishlarda medallar olishi uchun yetarli bo‘lmadi.

Ayollar o‘rtasida 87 kilogrammdan yuqori vazn toifasida bellashuvlarga kirishgan Tursunoy Jabborova, afsuski, dast ko‘tarishda 119 kilogramm natija bilan musobaqani tark etdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring